Homilador ayol umra va haj ibodatlarini ado etishi joizmi? Homiladorlik muddati bunga ta’sir qiladimi (masalan, to‘rtinchi oyda bo‘lishi sakkizinchi oyga nisbatan)? Chunki ayol tiqilinch tufayli yiqilishi yoki kasal bo‘lishi mumkin.
Men Kanadada ishlayman. Bu yil o‘z vatanim Pokistonga borib, oʻsha yerda uylandim. Ma’lum sabablarga ko‘ra, Pokistondagi tashrifim paytida to‘yimiz bo‘lmadi. Nikoh aqdidan keyingi kuni «valima» (to‘y ziyofati) qildik, lekin ish zarurati bilan Kanadaga qaytishimga to‘g‘ri keldi. Hozirgacha olti oydan ortiq vaqt o‘tdi, bu vaqt ichida xotinimning Kanadadagi ish joyimga kelishi uchun viza ololmadim. Bir do‘stim menga nikohim bekor bo‘lganini, chunki nikoh aqdidan keyin olti oydan ortiq vaqt davomida toʻyim yakuniga yetmaganini aytdi. Bu to‘g‘rimi? Xotinim Kanadaga kelganidan keyin nikoh aqdini yangilashim kerakmi? Iltimos, tezroq javob bering, chunki xotinim yaqin orada Kanadaga yetib keladi.
Mahsulotlariga o‘z logotipini qo‘yadigan, unda hayvon surati bo‘lgan shirkatlarning kiyimlari va mahsulotlaridan foydalanishning hukmi nima? Agar suratda faqat hayvonning boshi bo‘lsa, hukm o‘zgaradimi? Agar hayvon tanasining aytim qismlari bo‘lmay, balki faqat uning shaklining umumiy ko‘rinishi bo‘lsa, hukm o‘zgaradimi?
Akamning o‘g‘illari bilan umraga bormoqchiman, qizlarim ham men bilan. Qizlarimning umraga borishlari joizmi?
Umra amalini ado etmoqchi edim, lekin mahramim yo‘qligi meni bundan toʻsyapti, shu sababli juda xafaman. Erim doim ish bilan band, ishini 8-10 kunga ham qoldira olmaydi. Iltimos, ayting-chi, bunday vaziyatda qanday qilib umraga borishim mumkin?
26 yoshli qiz onasi va ishonchli hamrohlar bilan umraga borishi joizmi? Uning aka-uka, ota yoki er kabi mahrami yo‘q. Shuni ham aytish kerakki, u ayol mahrami yo‘qligi sababli umra vojib bo‘lmasa ham, bu amalni bajarishni juda xohlayapti. Shuningdek, agar onasi umra safariga borsa, bu qiz bir oʻzi, yolg‘iz qolishga majbur bo‘ladi.
Turmush qurganimga uch yil bo‘ldi, ammo erim bilan oramizdagi kelishmovchiliklar boshidanoq davom etib kelmoqda. Hatto u meni ikki marta taloq ham qilgan. U tez jahli chiqadigan odam, ba’zan meni uradi ham. Bundan ikki hafta oldin u menga ikkinchi xotinga uylanmoqchi ekanini aytdi. Men bunga chiday olmayapman. Garchi bu shariat unga bergan huquq ekanini bilsam-da, bu mening nafsimga juda og‘ir botmoqda. Bu holatni qabul qilishimni yanada qiyinlashtirgan narsa shuki, u uylanmoqchi bo‘lgan ayol mening dugonalarimdan biri ekan. Men undan bu boradagi fikrini so‘radim, hatto unga erimga turmushga chiqmaslikni maslahat berdim va: «Senga undan ham yaxshiroq er berishini so‘rab Allohga duo qilaman», dedim. Erim bundan xabar topib g‘azablandi va bu katta gunoh ekanini, mening bunday qilishga haqqim yo‘qligini aytdi.Mening savollarim quyidagicha:– Ularning turmush qurmasliklarini so‘rab, ularning ziddiga duo qilishim joizmi?
– U ayol bilan gaplashganim va uni bu niyatidan qaytarishga urinishim shariatga xilofmi?
– Agar unga uylansa, taloq so‘rashim joizmi?
– Agar biror narsaga qasam ichib, so‘ng qasamimni buzsam, bu katta gunohlardan sanaladimi? Bunday holatda zimmamga nima vojib bo‘ladi?Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
Men 18 yil avval bir ayolga uylanganman. Ishim tufayli ko‘p safar qilishga va xotinimni yolg‘iz qoldirishga majbur bo‘lardim. Chet elga qilgan safarlarimdan qaytganimda, xotinim bir erkak uning yoniga kirib, uni o‘pganini va unga juda yosh ekanini aytganini xabar qildi.Bugun, bu voqeadan 18 yil o‘tib, xotinim o‘sha erkak uning yoniga kirib, uni o‘pganini va u bilan jinsiy aloqa qilganini, o‘zi esa unga taslim bo‘lganini aytdi. Oʻshanda u meni aldagani, haqiqatni aytmagani va bu masalada meni bexabar qoldirgani sababli o‘zimni ruhan ezilgandek his qilyapman va qattiq g‘azabdaman. Bu ruhiy tushkunlik tufayli na masjidga borishga va na namoz o‘qishga rag‘batim qolmadi.Iltimos, menga nima qilishim kerakligini maslahat bering. Nikohimiz shar’iymi? Uni taloq qilishim kerakmi? Menga yordam bering. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
Ikkinchi xotinga uylanganim sababli ayolim sud orqali ajrashishni talab qilyapti va bu qarorida qat’iy turibdi. Lekin sudda u bu narsani (ya’ni ajrashish talabining asl sababini) aytmayapti, aksincha, meni bir necha bor taloq so‘zini aytgan deb da’vo qilmoqda. Vaholanki, bunday gap aslo bo‘lmagan.Shuni ham aytib o‘tish joizki, biz o‘ttiz yildan ortiq vaqtdan beri birga yashaymiz, olti nafar o‘g‘il-qizimiz bor.
Baraka istab hamda ko‘z tegishidan saqlanish va avariyaga uchrashdan qo‘rqib, mashinaga Mus’haf qo‘yishning shar’iy hukmi qanday?
Alloh taoloning: «Albatta, iymon keltirgan zotlar, yahudiy bo‘lganlar, nasroniylar va sobiiylar qaysilari Allohga, Oxirat kuniga ishonsa va yaxshi amallar qilsa, o‘shalarga Parvardigorlari huzurida ajr bordir va ular uchun xavf-u xatar, g‘am-anduh yo‘qdir», oyati bilan islomga kirmagam yahudiy va nasroniylar jannatga kirmasligi haqidagi so‘zni qanday muvofiqlashtiramiz?
Men va ayolim farzand ko‘rishga harakat qilyapmiz. Namozda yoki duoda tilovat qilish uchun farzand ko‘rishimizga yordam beradigan Qur’ondagi biror sura haqida ayta olasizmi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
«Tarmoqli marketing» yoxud «Majburiy matritsa tizimi» shunday tizimki, unda bir kishi kompaniyaga 10 dollar to‘laydi. Shundan so‘ng, kompaniya va (tizimda avvaldan tanlangan) yana to‘rt kishining har biriga 2 dollardan o‘tkazib beriladi. Bu bir martalik to‘lov bo‘lib, to‘lovni amalga oshirgan kishi tizimga qo‘shiladigan yangi a’zolar ham shunday qilishini kutadi. Har safar yangi a’zo qo‘shilganda, tizimdagi har bir ishtirokchi 2 dollardan oladi, chunki yangi a’zolar to‘lovni bevosita o‘zidan yuqoridagi to‘rt kishiga to‘laydi. Kompaniya esa har bir a’zodan xizmat haqi sifatida o‘zining 2 dollarini olib qoladi. Ushbu dasturga qo‘shilish halolmi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
Ilmiy tadqiqotlar va fatvolar bo‘yicha doimiy qo‘mitaga «Biznes» va «Hibatul-Jazira» kabi piramida yoki tarmoqli marketing shirkatlarining faoliyati haqida ko‘plab savollar kelib tushdi. Bu shirkatlar faoliyatining mohiyati quyidagicha: bir kishi mahsulot yoki tovar sotib olishga ko‘ndiriladi, so‘ng u boshqalarni xuddi shunday qilishga undaydi, ular ham o‘z navbatida keyingilarni jalb qiladi va bu zanjir shu tarzda davom etadi. Ishtirokchilar qatlami qancha kengaysa, birinchi ishtirokchi shuncha ko‘p komission haq oladi va bu summa hatto minglab riyollarga yetishi mumkin. Har bir ishtirokchi o‘zidan keyingilarni a’zolar ro‘yxatiga yangi odamlarni jalb qila olsa, katta komission to‘lovlar olishi mumkinligi bilan qiziqtiradi. Aynan mana shu narsa piramida yoki tarmoqli marketing deb ataladi.
Sizdan namozdagi qunut (ruku’dan keyin qo‘l ko‘tarib duo qilish) haqida so‘ramoqchiman. Bu amal Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridanmi yoki bu ish ularning holati sababli istisno tariqasida bo‘lganmi? Iltimos, menga javob bering, chunki masjidimiz imomi, Rasulullohdan qaysi namoz afzal, deb so‘ralganda, u zot alayhissalotu vassalom: «Qunuti uzunroq bo‘lgan namoz», deb javob berganlar», deb aytdi.